Laseg simptomi


Laseg simptomi – quymich nervining tortilishi sababli yuzaga keladigan simptom bo‘lib, n. Ischiadicus ta’sirlanishida doimo aniqlanadi. Bu simptomni tekshirayotganda bemor oyoqlarini uzatib, chalqanchasiga yotadi. Laseg simptomi 3 bosqichda tekshiriladi. Birinchi bosqich: vrach bemorning og‘riyotgan oyog‘ini bir vaqtning o‘zida chanoq-son va tizza bo‘g‘imlarida bukadi. Bu bosqichda og‘riq kuzatilmaydi, chunki quymich nervi tortilmaydi. Ikkinchi bosqich: vrach bemorning oyog‘ini tizza bo‘g‘imida yoza boshlaydi, chanoq-son bo‘g‘imi esa bukilganicha qoladi. Quymich nervining tortilishi sababli oyoqning orqa-lateral yuzasi bo‘ylab kuchli og‘riq paydo bo‘ladi. Uchinchi bosqich: vrach bemorning tizza bo‘g‘imida yozilgan oyog‘ini sekin tushira boshlaydi va dastlabki holatiga qaytaradi. Bunda nerv tortilishi to‘xtaganligi sababli og‘riq yana kamayadi yoki to‘xtaydi.


Manba: ©Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik, Toshkent, 2021., 312 b.
              ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
              ©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi ©asab.cc





Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив