Bizning jamoa
Toshkent tibbiyot akademiyasi "Tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiya kursi" mudiri, "Asab va ruhiyat ilmiy-tibbiy markazi" direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor. Prof. Ibodullayev Z.R. muallifligida 160 dan oshiq ilmiy asarlar chop qilingan. Olim “Asab kasalliklari”, “Tibbiyot psixologiyasi”, “Umumiy nevrologiya” darsliklari chop qildirgan. Uning 2 ta darsligi “Yilning eng yaxshi darsligi” sovriniga sazovor bo‘lgan. Shuningdek amaliyotchi vrachlar uchun “Nevrologiya”, “Epilepsiya”, “Insult va koma” nomli qo‘llanmalari chop qilingan. “Asab va ruhiyat” ilmiy-ommabop kitobi 4 marotaba nashrdan chiqqan. Bugungi kunda olim O‘zbekistonda “Neyropsixologiya, tibbiy psixologiya va psixosomatik tibbiyot” ni rivojlantirish ustida ish olib bormoqda.
Ishanxodjayeva Gulchexra Talipovna
Dotsent, pedagog, bolalar nevrologi, tibbiy psixolog.
«Ikkilamchi meningoensefalit o‘tkazgan bolalarda oliy miya faoliyati va serebral gemodinamikasi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan, 30 dan ortiq ilmiy maqola va qo‘llanmalar muallifi.
Djalilova Sojida Xamrayevna
Maxamatjanova Nodira Maxamadamin qizi
Maxamatjanova Nodira Maxamadamin qizi. 1989 yilda tug‘ilgan. 2013 y. Toshkent tibbiyot akademiyasi, davolash fakultetini tamomlagan. 2016 y. Toshkent tibbiyot akademiyasi, “Tibbiy psixologiya” yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasiga ega bo‘lgan. 2016 yildan xozirgi kunga qadar Toshkent tibbiyot akademiyasi Asab kasalliklari, tibbiy psixologiya va psixoterapiya kursi bilan kafedrasi assistenti. Tibbiy psixolog sifatida 5 yildan beri faoliyat olib bormoqda. Xozirgi kunda “Tizimli qizil bo‘richada xavotir-depressiv buzilishlar va unda tibbiy-psixoloik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishi olib bormoqda. Ish faoliyati jarayonida 22 ta ilmiy ishlar nashr etgan, shu jumladan Respublika jurnallarida 4 ta maqola, Scopus tarkibidagi jurnallarda 1ta maqola, 2 ta uslubiy tavsiyanoma chop etilgan. Shunindek Xalqaro anjumanlarda bir necha bor ma’ruzalar bilan ishtirok etgan va stajirovkalar o‘tagan. Maxamatjanova. Tibbiy psixolog mutaxassisi sifatida psixosomatik, somatopsixik sindrom va kasalliklarda, depressiv buzishlarda, nevrozning barcha turlarida tibbiy-psixologik va psixoterapevtik yordam ko‘rsatadi.
Prof. Zarifboy Ibodullayev TV da "Tibbiyot psixologiyasi tarixi" haqida