Markaz xodimlari
IBODULLAYEV ZARIFBOY RAJABOVICH, Klinika direktori, professor
Toshkent tibbiyot akademiyasi "Tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiya kursi" mudiri, "Asab va ruhiyat ilmiy-tibbiy markazi" direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor. Prof. Ibodullayev Z.R. muallifligida 160 dan oshiq ilmiy asarlar chop qilingan. Olim “Asab kasalliklari”, “Tibbiyot psixologiyasi”, “Umumiy nevrologiya” darsliklari chop qildirgan. Uning 2 ta darsligi “Yilning eng yaxshi darsligi” sovriniga sazovor bo‘lgan. Shuningdek amaliyotchi vrachlar uchun “Nevrologiya”, “Epilepsiya”, “Insult va koma” nomli qo‘llanmalari chop qilingan. “Asab va ruhiyat” ilmiy-ommabop kitobi 4 marotaba nashrdan chiqqan. Bugungi kunda olim O‘zbekistonda “Neyropsixologiya, tibbiy psixologiya va psixosomatik tibbiyot” ni rivojlantirish ustida ish olib bormoqda.
QURBONBOYEV MUZAFFAR YUSUPOVICH, Nevropatolog, kunduzgi statsionar rahbari
2001-2008 yillarda 1-Toshkent Davlat tibbiyot instituti davolash ishi fakultetida talim olgan. 2010 yil Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti nevrologiya kafedrasida klinik ordinaturani o‘tgan. 2005-2019 yillarda “Neyromedical center” klinikasida nevropatolog, 2008-2014 yillarda Toshkent shaxar tez tibbiy yordam markazi 1-bo‘lim vrachi, 2015 yildan hozirgi kunga qadar IIV Markaziy gospitali nevrologiya bo‘limi navbatchi shifokori, 2014 yil 1-SHKSH shoshilinch nevrologiya bo‘limi navbatchi vrachi, 2019 yildan shu kunga qadar “Asab va ruhiyat” ilmiy-tibbiy markazi 1-nevrologiya bo‘limi mudiri, vrach-nevrolog lavozimida faoliyat yuritmoqda. Qurbanbayev M.Yu. amaliy nevrologiya sohasida asosiy yo‘nalishlari – insult, epilepsiya, parkinsonizm, neyrodegenerativ kasalliklar, miasteniya, miopatiyalar, periferik nerv tizimi kasalliklari, umurtqalar osteoxondrozi, disk churrasi, bosh og‘rig‘i, nevroz, vegetativ distoniya sindromi. Qurbanbayev M.Yu. klinikada nevrologiya va tez tibbiy yordam xizmatiga mas’ul.
QODIROVA VAZIRA ANVAROVNA, Psixiatr, psixonevrolog
2005 yilda TashPMI davolash fakultetida bakalavr darajasini olgan. 2008 yilda TashPMI “Psixiatriya va bolalar psixiatriyasi” yo‘nalishi magistr darajasiga ega bo‘lgan. 2006 yildan shu kunga qadar 2-sonli shahar ruhiy-asab kasalliklari dispanserida vrach-psixiatr, psixonevrolog lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 2021 yildan boshlab “Asab va ruhiyat” ilmiy-tibbiy markazida vrach-psixiatr, psixoterapevt lavozimida o‘z faoliyatini boshladi. 2019 yilda VMOI qoshida malaka oshirib “Oliy toifali shifokor” darajasini olgan. Ish faoliyati davomida Turkiya va boshqa qo‘shni davlatlarda malaka oshirgan hamda ilmiy anjumanlarda faol qatnashgan. Asosiy yo‘nalishlari – oligofreniya, shizofreniya, nevroz, depressiya, xavotirli-fobik buzilishlar, bosh miya kasallkilari tufayli yuzaga kelgan ruhiy buzilishlar.
RAXMONOV SHAXZOD ShЕRBЕKOVICH, Kardiolog, ultratovush doplerografiya bo‘yicha mutaxassis
Raxmonov Shaxzod Sherbekovich. 2017 yili Buxoro tibbiyot instituti davolash fakultetini bitirgan. 2020 yil Toshkent Tibbiyot Akademiyasida “Kardiologiya” yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasiga ega bo‘lgan. 2021 yildan boshlab “Asab va ruhiyat” ilmiy-tibbiy markazida o‘z sohasining yuqori darajali mutaxassisi sifatida ishlab kelmoqda. Raxmonov Sh.Sh. kardiologiya va UTT bo‘yicha mutaxassis.
AMIRJONOVA DILDORA, Tibbiy psixolog-somnolog
2013-2019 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash fakulteti talabasi. 2019 yili Toshkent tibbiyot akademiyasi “Tibbiy psixologiya” yo‘nalishi magistraturasiga Davlat granti asosida o‘qishga kirgan. “Asab va ruhiyat” ilmiy-tibbiy markazida “Xavotirli-fobik buzilishlarda uyqu buzilishlari va polisomnografik tekshiruvlar” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Amirjonova D.Z. tibbiy markazda somnologiya xizmatini olib boradi, xorij davlatlari bilan ilmiy-amaliy aloqalarga mas’ul, ingliz tilini mukammal biladi va 4 ta ilmiy ish nashr etgan. Asosiy yo‘nalishi – somnologiya bo‘lib, turli xil asab va ruhiyat buzilishlarida uyqu buzilishlarini aniqlash va davolashdir. Hozirda prof. Ashurov Z.Sh. rahbarligida dissertatsiya ishini olib bormoqda.
QURBONOV SOBITJON, Nevropatolog, ENMG bo‘yicha mutaxassis
Qurbonov Sobitjon 2019 yili Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakultetini tugatgan. Toshkent Tibbiyot Akademiyasida “Nevrologiya” yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasiga ega bo‘lgan. 2021 yildan boshlab “Asab va ruhiyat” ilmiy-tibbiy markazida nevropatolog va ENMG mutaxassis sifatida bo‘yicha ishlab kelmoqda