Ot dumi (cauda equina) zararlanishi
Ot dumi umurtqa kanalining eng pastki qismi, ya'ni canalis sacralis ichida yotadi. Cauda equina bel kengligi va undan pastdagi barcha spinal segmentlarning orqa va oldingi ildizchalari yig'indisidan hosil bo'lgan. Ot dumi zararlanishida oyoqlarda periferik falajlik, radikulyar tipda barcha sezgilar buzilishi, anogenital soha va ikkala oyoqda o'ta kuchli og'riqlar, siydik va najas tutolmaslik kuzatiladi. Ushbu simptomlar birmuncha asimmetrik tarzda namoyon bo'ladi
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича