Orqa ustun zararlanishi
Orqa ustun zararlansa – patologik o'choqdan pastda gomolateral tomonda chuqur sezgi o'tkazuvchi tipda buziladi va sensitiv ataksiya rivojlanadi. Goll tutami zararlansa, chuqur sezgi buzilishi tananing pastki qismi va oyoqda, Burdax tutami zararlansa, tananing ustqi qismi va qo'lda aniqlanadi. Orqa ustun zararlanishi tabes dorsalis, Fridreyx ataksiyasi va funikulyar mieloz (B12 vitamini tanqisligi) uchun o'ta xos.
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича