Янгиликлар Ибодуллаев энциклопедияси Orqa miyaning afferent va efferent yo'llari

Orqa miyaning afferent va efferent yo'llari


A.  Yuqoriga yo'naluvchi (afferent) yo'llar) – sezgi im-
 pulslarini orqa miyadan bosh miyaga o'tkazuvchi yo'llar. Ularga quyidagilar kiradi:
  1. Oldingi spinotalamik yo'l – talamusga taktil impulslarni o'tkazadi.
  2. Orqa spinoserebellyar yo'l (Fleksig tutami) – miyachaga proprioseptiv impulslarni o'tkazadi.
  3. Oldingi spinoserebellyar yo'l (Govers tutami) – miyachaga proprioseptiv impulslarni o'tkazadi.
  4. Lateral spinotalamik yo'l – talamusga og'riq va harorat impulslarini o'tkazadi.
  5. Gollning nozik tutami – tananing pastki qismi va oyoqlardan proprioseptiv impulslarni o'tkazadi.
  6. Burdaxning ponasimon tutami - tananing ustki qismi va qo'llardan proprioseptiv impulslarni o'tkazadi.
B.  Pastga yo'naluvchi (efferent) yo'llar – harakat im-
 pulslarini bosh miyadan orqa miyaga o'tkazuvchi yo'llar. Ularga quyidagilar kiradi:
  1. Oldingi (kesishmagan piramidal) kortikospinalyo'l – bosh miya katta yarimsharlarining motor markazlaridan orqa miyaning oldingi shoxlariga harakat impulslarini o'tka­zadi.
  2. Lateral (kesishgan piramidal) kortikospinal yo'l – bosh miya katta yarimsharlarining motor markazlaridan orqa miyaning oldingi shoxlariga harakat impulslarini o'tka­zadi.
  3. Retikulospinal yo'l – bosh miyaning retikulyar formatsi-yasidan orqa miyaning oldingi shoxlariga nerv impulsla­rini o'tkazadi.
  4. Tektospinal yo'l – o'rta miyaning to'rttepaligi, ya'ni bir-lamchi ko'rish va birlamchi eshitish markazlaridan orqa miyaning oldingi shoxlariga nerv impulslarini o'tkazadi.
  5. Vestibulospinal yo'l – uzunchoq miyada    joylashgan vestibulyar yadrolardan orqa miyaning oldingi shoxlariga nerv impulslarini o'tkazadi.
  6. Rubrospinal yo'l (Monakovyo'li) –  qizil yadrodan orqa mi­yaning oldingi shoxlariga nerv impulslarini o'tkazadi.
 
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
                  © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. T:, 2021., 312 b. 
                  © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 
 
 
 

  

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича