Orqa miya topografiyasi


Markaziy nerv sistemasining umurtqa kanali (canalis vertebralis) ichida joylashgan qismiga orqa miya deb aytiladi. Orqa miya uzunligi 41-45 sm bo'lib, silindrik shaklga ega. Diametri – 1-1,5 sm. Orqa miyaning ustki chegarasi katta ensa teshigi (foramen occipitale magnum), ya'ni uzunchoq miyaning pastki qismida joylashgan piramidal kesishuv (decussatio pyramidum) sohasiga to'g'ri keladi. Bu joy C1 bo'yin umurtqasining ustki qismi bo'lib, undan birinchi bo'yin segmenti C1 ildizchasi chiqadi. Orqa
 
4.1-rasm. Orqa miya segmentlari va ildizchalari topografiyasi
miyaning pastki chegarasi konus (conus medullaris) shaklida kichrayib boradi va L2 umurtqaga yetmasdan tugaydi. So'ngra terminal ip (filum terminate) boshlanadi.
 
 
Orqa miyada ikkita kenglik farqlanadi (4.2-rasm): bo'yin kengligi (intumescentia cervicalis) va bel kengligi (intumescentia lumbalis). Bo'yin kengligi C5-8, Th1 segmentlardan tashkil top-gan bo'lib, qo'llarning segmentar innervatsiyasini ta'minlaydi. Bel kengligi Th12, L1-5, S1-2 segmentlardan iborat bo'lib, oyoqlar segmentar innervatsiyasiga mas'ul.
 
 
4.2-rasm. Orqa miyaning uzunasiga tuzilishi sxemasi 1 – bo'yin qismi; 2 – intumescentia cervicalis; 3 – ko'krak qismi; 4 – intu­mescentia lumbalis; 5 –  conus medullaris
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 
 



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича