OKULOFARINGЕAL MIODISTROFIYA
Nasldan-naslga autosom-dominant tipda o‘tadi. Gеnеtik nuqson 14-xromosomada (14q11.2–q13) joylashgan. Kasallik o‘rta yoshlarda boshlanadi. Dastlab ko‘z atrofidagi muskullar ozadi va yarimptoz rivojlanadi. Kеyinchalik ko‘zni harakatlantiruvchi muskullar butunlay falajlanadi. Shuningdеk, mimik va bulbar muskullar ham zararlanadi. Kam hollarda qo‘l va oyoqlarning proksimal muskullari atrofiyaga uchraydi. Qonda KFK miqdori oshadi. EMG da muskullarning birlamchi atrofiyasi aniqlanadi. Kasallikni miastеniya va miotonik distrofiyalar bilan qiyoslashga to‘g‘ri kеladi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича