O'rgimchak to'risimon parda
O'rgimchak to'risimon parda (arachnoidea) qattiq va yumshoq pardalar orasida joylashgan. Nomidan ko'rinib turibdiki, uning tuzilishi o'rgimchak to'riga o'xshaydi. Yupqa biriktiruvchi to'qimadan iborat ushbu pardani araxnoidal parda deb ham atashadi.
Araxnoidal parda usti bo'ylab o'tgan serebral venalar qattiq parda ichiga kirib ketadi va sinuslar bilan qo'shiladi. Biroq, araxnoidal pardaning o'zida qon tomirlar yo'q. Arachnoidea yumshoq pardaning tomirlari orqali diffuz yo'l bilan oziqlanadi (13.3-rasm).
Diploik Emissar Sinus sagitalis
13.3-rasm. Miya pardalari va emissar venalar
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. T.:, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича