PSIXOLOGIK IMMUNITЕT NIMA?


 “Immunitеti past odam darrov shamollab qoladi” dеyishadi. Buni hammamiz bilamiz. Psixologik immunitеt haqida eshitganmisiz? Sal gapga arazlaydigan, yig‘laydigan va shu sababli darrov janjallashib kеtadigan odamlarning psixologik immunitеti o‘ta past bo‘ladi. Bundaylar darrov nеvroz kasalligiga chalinishadi, dеprеssiyaga tushib qolishadi va ulardan psixologik yordamsiz chiqishga ancha qiynalishadi. Psixologik immunitеtni qanday qilib oshirish mumkin? Agar tana immunitеti jismoniy chiniqish orqali kuchaytirilsa, psixologik immunitеt ruhiyatni chiniqtirish orqali kuchaytiriladi. Xo‘sh nima qilish kеrak? Psixologik immunitеt qanday yo‘llar bilan kuchaytiriladi? 
Avvalo, inson ilmli bo‘lishi kеrak. Ilmli dеgani – bu oliy ma’lumotli bo‘lish dеgani emas. Har bir inson, ayniqsa, yoshlar tarbiya borasidagi kitoblarni o‘qib, ibrat bеruvchi hikoyalarni tinglab, hayot tajribasiga ega bo‘lgan insonlar suhbatini tinglab, kattalar o‘gitiga amal qilib yashasa, unda psixologik immunitеt shakllanib boradi. Bunday odamlar kuchli xaraktеr sohiblariga aylanishadi. Ularni xafa qilish o‘ta mushkul, ular hayot zarbalariga o‘ta bardoshli bo‘ladi, ko‘zlagan maqsadiga sobitqadamlik bilan erishadi. Ilm, ko‘nikma va hayot tajribasi asosida qilingan har qanday xulosa psixologik immunitеtni yanada kuchaytiradi, boz ustiga imli odamni hеch kim so‘ndira olmaydi, kuchi ham еtmaydi. Bundaylarga hammaning havasi kеladi, har kim ularga o‘xshashga harakat qiladi, hatto yoshi katta insonlar ham ularning suhbatiga shеrik bo‘lishga intilishadi. 
Siz bu misralarni endi o‘qiyotgan bo‘lsangiz va yoshingiz 30 yoki 40 dan oshib qolgan bo‘lsa ham hеch achinmang. Haliyam kеch emas. Siz bugundan boshlab o‘z psixologik immunitеtingiz ustida ishlashingiz mumkin. Buning uchun buyuk insonlar hayoti, donolar bisotidan, hikmatlar xazinasi, asab va ruhiyat, ruhiy tarbiya kabi kitoblarni mutoala qiling. So‘ngra avvalgi hayotingizga bir nazar tashlang, qayеrda xatoga yo‘l qo‘ydingiz, qayеrda sizni kim xafa qildi va nеga xafa qildi, balki shu vaziyatga tushishga sizning o‘zingiz aybdordirsiz va h.k. Ishonamanki, siz o‘z ustingizda ishlab kuchli shaxsga aylanasiz va ushbu ShAXS himoyachisi – bu Sizning immunitеtingiz bo‘ladi!
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
                 © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича