Psevdobulbar falajlik
Psevdobulbar falajlik IX, X va XII nervlar yadrosini innervatsiya qiluvchi markaziy, ya'ni kortikonuklear yo'llar ikkala tomonda zararlansa rivojlanadi. Shu bois psevdobulbar sindrom markaziy falajliklar sirasiga kiradi. Bu sindromning asosiy belgilari – dizartriya, disfagiya va disfoniyadan iborat, ya'ni bemorda yutish va nutq buziladi, ovozi keskin pasayadi, manqalanib gapiradi. Bulbar sindromdan farqli o'laroq, yutqin refleksi saqlanib qoladi yoki oshadi, tilda atrofiya va fassikulyatsiyalar bo'lmaydi. Zo'raki yig'lash va kulish hamda oral avtomatizmi reflekslari paydo bo'ladi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича