Pilomotor refleks
Terming ma'lum bir joyiga (masalan, yelkaga) efir yoki sovuq suv sepiladi. Bunga javoban g'oz terisiga o'xshash holat paydo bo'ladi. Ushbu refleksni terini chimchillab ham chaqirish mumkin. Pilomotor refleks qattiq qo'rqqanda va sovuq qotganda ham chaqiriladi. Bu refleks spinal reflekslar sirasiga kiradi. Shu bois orqa miya kasalliklarida ushbu refleks sustlashadi yoki so'nadi (12.6-rasm).
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312b
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича