Parasimpatik nerv sistemasi


 Parasimpatik nerv sistemasi ham markaziy va periferik qismlardan iborat. Markaziy qismi mezensefal, bulbar va sakral qismlarga ajratiladi. Periferik qismi esa preganglionar va postganglionar parasimpatik tolalar, vegetativ tugunlar, chi­gallar va uning tarmoqlaridan iborat. Simpatik nerv sistema­si tarkibiga kiruvchi vegetativ tugunlardan farqli o'laroq, par­asimpatik nerv sistemasi tarkibiga kiruvchi vegetativ tugunlar innervatsiya qilinuvchi a'zolarga yaqin joylashgan.
Ill nervning parasimpatik qismi. Mezensefal sohada yot­gan parasimpatik yadrolardan iborat bo'lib, ular qorachiqni toraytiruvchi hamda akkomodiatsiyaga mas'ul kiprik muskulini innervatsiya qiladi.
Ko'zning parasimpatik innervatsiyasi. Edinger-Vestfal va Perlia yadrolaridan boshlangan tolalarfissura orbitalis superior orqali ko'z kosasi ichiga kirib siliar tugunga (ganglion ciliare) boradi. Siliar tugundan boshlangan postganglionar tolalar ko'z olmasi ichiga kirib quyidagi ikkita yumshoq muskulni inner­vatsiya qiladi: Edinger-Vestfal yadrosidan kelayotgan tolalar qorachiqni toraytiruvchi muskul [m.sphincter pupillae), Per­lia yadrosidan kelayotgan tolalar akkomodatsiya funksiyasini ta'minlovchi kiprik muskuli (m.ciliaris). Ushbu sxema III nerv yozilgan joyda keltirilgan.
Eslatib o'tamiz, qorachiq reflektor yoyining afferent qismi II nerv tarkibida o'tsa, efferent qismi III nerv tarkibida o'tadi. Bunda Edinger-Vestfal yadrosi bilan bog'liq yo'llar qorachiq reflektor yoyining efferent qismi hisoblanadi. Efferent yo'llar orqali o'tuvchi motor impulslar m.sphincter pupillae tomon yo'naladi.
Simptomlari. Qorachiqni toraytiruvchi muskul falajlanishi va simpatik innervatsiya oluvchi m. dilatator pupillae funksi­yasi kuchayishi hisobiga o'choq tomonda midriaz rivojlanadi. Qorachiq reflektor yoyining efferent qismi izdan chiqqanligi bois, o'sha tomonda qorachiq fotoreaksiyasi so'nadi. Kiprik muskuli falajlanishi hisobiga, akkomodatsiya funksiyasi izdan chiqadi.
VII nervning (aniqrog'i n. intermedins, XIII nerv) para­simpatik qismi. Ko'prikda joylashgan yuqori so'lak ajratuvchi yadrodan (nucleus salivatorius superior) iborat.
IX    nervning parasimpatik qismi. Uzunchoq miyada yotgan n. glossopharyngeus ning pastki so'lak ajratuvchi yadrosidan (nucl. salivatorius inferior) iborat. Undan preganglionar tolalar boshlanadi va quloq oldi so'lak bezlarini innervatsiya
 qiladi.
X     nervning parasimpatik qismi. Nucl. dorsalis nervi vagi dan iborat. Undan boshlangan preganglionar tolalar X nerv tarkibida bosh, ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'ida joylashgan parasimpatik tugunlarga boradi. Ulardan boshlangan postganglionar tolalar yurak muskullari, qon tomirlar va ichki a'zolarning yumshoq muskullarini innervatsiya qiladi.
Parasimpatik nerv sistemasining dumg'aza qismi. S2-S4 spinal segmentlarning yon shoxlarida joylashgan vegetativ neyronlardan iborat. Ularning aksonlari preganglionar tolalarni tashkil qiladi va oldingi spinal ildizchalar tarkibida orqa miyani tark etadi. So'ngra bu tolalar tosning ichki a'zolari nerv­lari (nn. splanchnici pelvini) sifatida sigmasimon ichak, to'g'ri ichak va qovuqni innervatsiya qiladi.
 
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича