Qadoqsimon tana
Corpus callosum chap va o'ng yarim-sharlarni bog'lovchi zich joylashgan tolalardan tashkil topgan. Ularga komissural tolalar deyiladi. Qadoqsimon tananing oldingi, o'rta va orqa qismlari farqlanadi.
Chap va o'ng tomondagi peshona po'stlog'ini bog'lovchi tolalar qadoqsimon tananing oldingi, ya'ni tizza qismidan o'tadi. Parietal po'stloqni bog'lovchi tolalar qadoqsimon tananing markaziy qismidan o'tsa, chakka va ensa bo'laklarini bog'laydigan tolalar uning orqa qismidan o'tadi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича