Rombsimon chuqurcha (fossa rhomboidea)


Uzun­choq miya va ko'prikning orqa tomonida joylashgan. Romb­simon chuqurcha IV qorinchaning tubi hisoblanadi. Unda likvor oqadi. Rombsimon chuqurchaning yuqori va pastki uchburchagi farqlanadi. Uning yuqori uchburchagi ko'p­rikning, pastki uchburchagi uzunchoq miyaning dorsal yuzasiga to'g'ri keladi.
Rombsimon chuqurchani yuqori-yon tomondan miyachaning yuqori oyoqchalari, pastki-yon tomondan pastki oyoqchalari chegaralab turadi. Rombsimon chuqurchaning qoq o'rtasidan medial egatcha (sulcus medianus) o'tadi.
Rombsimon chuqurchaning yuqori uchburchagida V, VI, VII, VIII juft, pastki uchburchagida IX, X, XII juft nervlar yadrolari joylashgan (5.5-rasm).
Eslatib o'tamiz, III, IV, XI nervlar yadrolarining rombsimon chuqurchaga aloqasi yo'q.
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 
 

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича