Sinkineziyalar
Markaziy falajlikda kuzatiladigan turli xil ortiqcha yondosh harakatlarga sinkineziya deb aytiladi. Bemor sog'lom qo'li bilan vrachning qo'lini siqmoqchi bo'lsa, uning falajlangan qo'lida ham shunday harakat paydo bo'ladi. Bemordan sog'lom oyog'ini bukib-yozish so'ralsa, uning falajlangan oyog'ida ham xuddi shunday harakatlar yuzaga keladi. Kuchli falajliklar bilan namoyon bo'ladigan insultning tiklanish davrida sinkineziyalar ko'p uchraydi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича