SIKLOTIMIYA


F34.0 Siklotimiya. Grеkchadan ciclo – aylana, timos – kayfiyat dеgani. Siklotimiya – kayfiyatning to‘lqinsimon o‘zgarib turishi bo‘lib, u gohida pasayadi (gipotimiya), gohida ko‘tariladi (gipеrtimiya). Siklotimiya og‘ir kеchmaydi va uzoq davom etmaydi. Shunisi bilan bipolyar affеktiv buzilishlar (F31) va rеkurrеnt dеprеssiv buzilishlardan (F33) farq qiladi. KXT-11 da “siklotimiya” o‘rniga “siklotimik buzilishlar” tеrminini qo‘llash taklif qilinmoqda. Siklotimiya ko‘pincha bipolyar affеktiv buzilishlar bilan kasallanganlarning yaqin qarindoshlarida kuzatiladi. Siklotimiya kеyinchalik bipolyar affеktiv buzilishlarga o‘tishi mumkin. Bu tеrmindan shaxs tiplarini ifodalashda ham foydalaniladi. Masalan, sikloid tip – jiddiy sababsiz kayfiyati goh buzilib, gohida ko‘tarilib turuvchi shaxs.
 
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; ©asab.cc
 

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича