Sezgi turlari


Yuzaki, chuqur va murakkab sezgi turlari farqlanadi. Yuzaki sezgiga kiruvchi og'riq, harorat va taktil sezgilar eksteroretseptorlar orqali qabul qilinadi. Chuqur sezgiga kiruvchi mushak-bo'g'im, vibratsiya, kinestetik, tana qismlarining fazodagi holati, bosim va og'irlik sezgilari proprioretseptorlar orqali qabul qilinadi.
Murakkab sezgi, ya'ni stereognoz, lokalizatsiya, diskriminatsiya va teriga chizilgan figuralarni aniqlash sezgilari turli tipdagi retseptorlarning hamkorlikda ta'sirlanishi va po'stloqdagi gnostik markazlar faoliyati tufayli ta'minlanadi. 
 
Sezgi turlari
 
 
Yuzaki sezgi turlariChuqur sezgi turlariMurakkab sezgi turlari
Og'riqPassiv harakatlar (mushak-bo'g'im)Stereognoz
HaroratVibratsiyaLokalizatsiya
 KinestetikDiskriminatsiya
TaktilTana qismlarining fazodagi holatini sezishTeriga chizilgan figuralarni aniqlash
 Bosim va og'irlik sezgisi
 
Retseptorlar orqali qabul qilingan yuzaki va chuqur sezgi impulslari analizatorlarning po'stloqdagi markaziga quyidagi 3 neyronli yo'l orqali yetib boradi:
  • Birinchi neyron. Yuzaki va chuqur sezgi yo'llarining 1-neyroni spinal tugunda yotadi.
  • Ikkinchi neyron. Yuzaki sezgining 2-neyroni orqa miya-ning orqa shoxida, chuqur sezgining 2-neyroni uzunchoq miyada yotadi.
    • Uchinchi neyron. Yuzaki sezgining ham, chuqur sezgi­ning 3-neyroni talamusda yotadi.
  • Demak, yuzaki va chuqur sezgilarning birinchi va uchinchi neyronlari bir xil joyda, ya'ni spinal tugun va talamusda joylashgan.
     
    Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021
                 © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
     


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича