Serebral tipdagi sezgi buzilishlari


 Miya ustuni, talamus, ichki kapsula va orqa markaziy pushta zararlansa, serebral tipdagi sezgi buzilishlari rivojlanadi.
  1. Miya ustuni zararlanishi. Miya ustunida joylashgan pa­tologik o'choqda alternirlashgan tipdagi sezgi buzilishlari rivojlanadi: o'choq tomonda – yuzda gemianesteziya (V nervning spinal yadrosi), qarama-qarshi tomonda – tanada barcha sezgilar gemianesteziyasi (tanani innervatsiya qiluvchi sezgi yo'llari).
  2. Talamus zararlanishi. Qarama-qarshi tomonda "besh gemisindrom" rivojlanadi: gemianesteziya, gemigiperpatiya, gemiataksiya, gemialgiya, gemianopsiya. Bunga Dejerin-Russi sindromi ham deyiladi.
  3. Ichki kapsula zararlanishi. Ichki kapsula orqa sonining orqa qismi zararlansa, qarama-qarshi tomonda "uch gemisindrom" (gemianesteziya, gemianopsiya, gemiatak­siya) rivojlanadi. ''Uch gemisindrom"quyidagi ko'rinishda ham namoyon bo'ladi: gemiplegiya, gemianesteziya, gemianopsiya. Bu esa patologik o'choq joylashuviga bog'liq.
  4. Orqa markaziy pushta zararlanishi. Orqa markaziy pushta to'la zararlansa, qarama-qarshi tomonda barcha sezgilar gemianesteziyasi, qisman zararlansa - qo'l yoki oyoqda monoanesteziya kuzatiladi. Agar orqa markaziy pushta ta'sirlantirilsa, u holda Jekson tipidagi sensor xurujlar ro'y beradi.
  5. Yuqori va pastki parietal pushtalar zararlansa, murakkab sezgi turlari buziladi, ya'ni astereognoziya, autotopognoziya, anozognoziya, psevdopolimeliya kabi simptomlar yuzaga keladi. Bu haqda katta yarimsharlar yozilgan joyda batafsil ma'lumot berilgan.
  6. Psixogen gemianesteziya. Isteriya uchun xos. Bunday bemorda gemianesteziya tananing qoq o'rta chizig'i bo'ylab aniqlanadi. Organik tipdagi gemianesteziya o'rta chiziqdan sal ichkaridan boshlanadi. Isterik tipdagi sezgi buzilishlari na segmentlar sohasiga, na nervlar topografiyasiga to'g'ri keladi.  
    Manba:  © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
                 © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича