Tizza-adduktor refleks
Ushbu refleks bor-yo'qligini tizza refleksini chaqirayotganda bilib olish mumkin. Buning uchun bemordan oyoqlar orasini ochib kursiga o'tirish so'raladi. Bir oyoqda tizza refleksini chaqirayotganda ikkinchi oyoqdagi adduktor muskullar qisqarib o'sha oyoq ichkariga tortiladi. Chunki bir tomondagi reflektor yoy orqali yuborilgan impulsning bir qismi markaziy piramidal innervatsiya sustligi tufayli qarama-qarshi tomondagi reflektor yoyga o'tib ketadi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича