Talamus


 Talamus ellips shaklidagi kulrang tusga ega yirik yadro. Ta­lamus ikkita bo'lib, III qorinchaning yon tomonlari bo'ylab joy­lashgan. Po'stloqqa kelayotgan barcha sezgi yo'llari aynan talamusga kirib o'tadi. Bular – yuzaki va chuqur sezgi, eshituv va ko'ruv yo'llari hamda boshqa tuzilmalardan keluvchi afferent yo'llar.
Talamusda qayta ishlangan sensor signallar quyidagi tartibda po'stloqqa uzatiladi: somatosensor signallar orqa markaziy va yuqori parietal pushtalarga, optik signallar ensa bo'lagidagi ko'ruv markaziga, tovush signallari chakka bo'lagidagi eshituv markaziga va h.k.
 
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича