Umumiy sezgi
Tashqi muhit va organizm to'qimalaridan ta'sirotlarni qabul qilish va ularga spetsifik javob tayyorlashga sezgi deb aytiladi. Har qanday sezgi retseptorlar orqali qabul qilinadi. Ta'sirotlarni qabul qilishga moslashgan sezgi tolalarining terminal qismiga retseptor deyiladi (2.1-rasm). Retseptor ta'sirotlarni qabul qilish paytida hosil bo'lgan energiyani nerv impulsiga aylantiradi va bu impuls sezgi tolalari bo'ylab uzatiladi. Tashqi ta'sirot tufayli hosil bo'lgan sezgiga umumiy sezgi deyiladi. Masalan, og'riq, harorat va taktil sezgilari bunga misol bo'la oladi. Ko'ruv, eshituv, hid bilish va ta'm sezishga spetsifik sezgi deyiladi. Umumiy va spetsifik sezgilar orqali inson tashqi muhit bilan bog'lanadi. Obrazli qilib aytganda, sezgi sensor sig-nallar darvozasidir. Sezgi – reflektor faoliyatning boshlang'ich qismi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича