Villiziy aylanasi


Bosh miyaning bazal qismida, ya'ni o'rta miya sohasida karotid va vertebrobazilyar sisterna arteriyalari o'zaro birlashib katta arteriyal aylana shakllanadi. O'ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan ushbu kollateral tizimga Villiziy ayla­nasi deyiladi.
Villiziy aylanasi quyidagi arteriyalar qo'shilishidan yu­zaga keladi. Ikkala a. cerebri anterior oldingi biriktiruvchi arteriya (a. communicans anterior) yordamida o'zaro bir­lashib, Villiziy aylanasining oldingi qismini hosil qiladi. Ichki uyqu arteriyasi (a. carotis interna) orqa biriktiruvchi arteriya (a. communicans posterior) yordamida a. cerebri posterior bilan birlashib, Villiziy aylanasining orqa qismini hosil qiladi. Shunday qilib rombsimon shakldagi aylana yu­zaga keladi (14.5-rasm).
 14.5-rasm. Villiziy ayl anasi
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 
 

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича