Vegetativ simptomlar
Ko'p terlash (gipergidroz) yoki kam terlash (gipogidroz), so'lak ajralishi kuchayishi (gipersalivatsiya), og'iz qurishi (giposalivatsiya), ko'z qurishi (kseroftalmiya), nafas ritmi buzilishi (bradipnoe, taxipnoe), yurak ritmi buzilishlari (taxikardiya, bradikardiya, aritmiya), yurak sanchishi, sinkopal holatlar, yuz va tananing qizib ketishi, ko'ngil aynishi, jig'ildon qaynashi, ich buzilishlari (qabziyat, diareya, meteorizm), tez-tez siyish (pollakuriya), libido susayishi, hayz sikli buzilishi, semirish yoki ozib ketish, qon bosimning «o'ynab turishi», oyoq-qo'llar sovuq qotib muzlabyurishi, turli periferik shishlar paydo bo'lishi, uyqu buzilishlari (ko'p uxlash yoki uxlay olmaslik), tana harorati ko'tarilishi (hech qanday infeksion omillarsiz), qo'llarda titroqlar, fobiya va xavotir kabi simptomlar vegetativ markazlar disfunksiyasi hisobiga rivojlanadi. Ushbu simptomlarning qay tarzda namoyon bo'lishi simpatik yoki parasimpatik vegetativ markazlar ustuvorligiga bog'liq.
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича