Veber sinamasi


Kamerton kaftga urib tebrantiriladi va rasmda ko'rsatilganidek, boshning qoq o'rtasiga (vertex] qo'yiladi (6.37-rasm).6.37-rasm 6.37-rasm. Veber sinamasi. Tovushlarning suyaklar orqali o'tkazilishini tekshirish.
 
Sog'lom odamda kamerton tovushi ikkala quloqqa ham bir xil tarqaladi. Qaysi tomonda tovushni o'tkazuvchi apparat zararlansa (tashqi eshituv yo'llari), o'sha tomonda kamer­ton tebranishi yaxshi eshitiladi (chunki tebranish suyak orqa­li tarqaladi). Agar bir tomonda tovushni qabul qiluvchi Korti apparati zararlansa [masalan, neyrosensor karlik), kamerton tebranishi sog'lom tomonda yaxshi eshitiladi
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 
 
 

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича