Vallenberg-Zaxarchenko sindromi
Vallenberg-Zaxarchenko sindromi – o'choq tomonda yumshoq tanglay va ovoz pardasi falaji, yutish buzilishi (X nerv), yuzda anesteziya (V nerv), Klod Bernar - Gorner sindromi (ptoz, mioz, enoftalm), miyacha ataksiyasi, nistagm, qarama-qarshi tomonda yuzaki gemianesteziya [spinotalamik yo'llar zararlanishi). Ushbu sindrom a. cerebelli inferior posterior trombozida yuzaga keladi. Buning natijasida uzunchoq miyaning orqa-lateral qismida ishemiya rivojlanadi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича