Yuzaki va chuqur reflekslar


Yuzaki va chuqur reflekslar. Retseptorlar joylashgan joyiga qarab yuzaki va chuqur reflekslar farqlanadi. Teri va shilliq qavatni ta'sirlantirish orqali chaqiriladigan reflekslarga yuzaki reflekslar deyiladi. Terida yuzaki reflekslarni chaqirish uchun, unda joylashgan retseptorlar nina sanchib ta'sirlantiriladi. Shil­liq qavatdagi yuzaki reflekslar uchli momiq paxta yordamida chaqiriladi. Masalan, korneal yoki konyuktival reflekslarni chaqirishda shunday qilinadi. Biroq yumshoq tanglay va yutqun reflekslari shpatelni tekkizib chaqiriladi.
Pay va muskullar cho'zilishi va qisqarishi hisobiga yuzaga keladigan reflekslarga chuqur reflekslar deyiladi. Periostal ref­lekslar ham chuqur reflekslar sirasiga kiradi. Bunday reflekslar nevrologik bolg'acha yordamida chaqiriladi.
 
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi  
             © asab.cc
 

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича