Shartsiz reflekslar
Shartsiz refleks tug'ma bo'lib, oliy nerv faoliyati ishtirokisiz, ya'ni miyaning quyi tuzilmalari orqali amalga oshiriladi. Shartsiz reflekslar umrbod saqlanib qoladigan doimiy reflektor yoyga ega. Ularning oddiy reflektor yoyi orqa miya va miya ustunida tutashadi. Bunday reflekslar juda ko'p bo'lib, ularga biseps, triseps, tizza, axill, korneal, yutqin va yumshoq tanglay reflekslarini misol qilib ko'rsatish mumkin.
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича