O'rta miya


O'rta miya (mesencephalon) tarkibiga miya oyoqlari (pedunculi cerebri) va o'rta miya tomi (tectum mesencephali) kiradi. O'rta miya shartli ravishda quyidagi 3 qavatga bo'linadi: 1) pastki qavat – miya oyoqlari (pedunculi cerebri); 2) o'rta qavat – qopqoq (tegmentum mesencephali); 3) ustki qavat – tom (tectum mesencephali). Ushbu ma'lumotlar 5.6-rasmda keltirilgan. O'rta miya bo'shlig'ini Silviy suv yo'li (aqueductus cerebri Sylvii) tashkil qiladi. U orqali III va IV qorinchalar bir-biri bilan bog'lanadi. Undan likvor oqadi. O'rta miyaning ham ventral va dorsal yuzalari farqlanadi.

5.6-rasm. Miya oyog'ining ko'ndalang kesimi

Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312b
         © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича