Vertebrobazilyar sisterna


Umurtqa arteriyasi (a.vertebralis). Chap va o'ng tomondagi ikkala umurtqa arteriyasi ham a.subclavia sinistra et dextra dan boshlanadi. Bu joy CVII bo'yin umurtqasi sohasiga to'g'ri keladi. A. vertebralis bo'yin umurtqalarining ko'ndalang o'siqchalari orasida joylashgan umurtqa kanaliga (canalis vertebralis) kirib yuqoriga ko'tariladi.

Canalis vertebralis CII – CVI umurtqalari orasida joylashgan. A. vertebralis umurtqa kanalidan chiqib yuqoriga ko'tariladi va foramen occipitale magnum orqali kalla suyagi ichiga kiradi. Bu yerda chap va o'ng tomondagi umurtqa arteriyalari o'zaro qo'shilmasdan turib quyidagi tarmoqlarni beradi: oldingi va orqa spinal arteriyalar (aa. spinales anterior et posterior) va miyachaning orqa pastki arteriyasi (a. cerebelli inferior posterior) (1-rasm).
Oldingi spinal arteriyalar uzunchoq miyaning pastki qismida qo'shilib, orqa miyaning oldingi toq arteriyasini (a. spinalis anterior) hosil qiladi. Natijada uzunchoq miyaning bazal qismida kichik arteriyal aylana shakllanadi. Bunga Valllenberg-Zaxarchenko aylanasi deyiladi.
Ushbu arteriya uzunchoq miyaning pastki va orqa miyaning yuqori qismini qon bilan ta'minlashda ishtirok etadi. Oldingi spinal arteriyalardan sal pastroqda ajralib chiqqan orqa spinal arteriyalar esa bir-biri bilan qo'shilmaydi.


Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича