XACHINSKI SHKALASI
Xachinski shkalasi serebral atrofiya (masalan, Alsxaymer kasalligi) sababli rivojlangan demensiyani vaskulyar etiologiyali dementsiyadan farqlash uchun qo'llaniladi.
XACHINSKI SHKALASI
BELGILAR (SIMPTOMLAR) | BALLAR |
Simptomlarning to'satdan paydo bo'lishi | 2 |
To'lqinsimon kechishi | 1 |
*Flyuktuatsiya mavjudligi | 2 |
Tungi somnolentsiya, karaxtlik | 2 |
Shaxs xususiyatlari nisbatan saqlanib qolganligi | 1 |
Depressiya | 1 |
Somatik shikoyatlar | 1 |
Emotsional labillik | 1 |
Arterial gipertenziya (anamnezda yoki hozirda) | 1 |
Anamnezda insult o'tkazganligi | 2 |
Ateroskleroz belgilari va asoratlari (miokard infarkti va h.k.) | 1 |
Ob'ektiv nevrologik simptomlar (afaziya, gemiparez) | 2 |
Sub'ektiv nevrologik simptomlar | 2 |
*Lotinchadan fluctuatio - "to'lqinsimon" degan ma'noni anglatadi.
Xachinski shkalasi bo'yicha baholash qoidasi
4 baldan kam – serebral atrofiya bo'lishi mumkin (masalan, Alsxaymer kasalligi).
4 – 7 ball – demensiya sababi aniq emas
7 baldan yuqori – vaskulyar dementsiya.
Xachinski shkalasini mukammal deb bo'lmaydi va qo'shimcha ravishda boshqa testlardan ham foydalanish talab etiladi.
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича