Bulbar falajlik
Bulbar falajlik IX, X, XII nervlar yadrosi va ildizchalari ikkala tomonda ham zararlansa, bulbar falajlik rivojlanadi. Uzunchoq miya qadimda bulbus deb atalgan. Uning asosiy belgilari – disfagiya (yutish buzilishi), dizartriya (nutq artikulyatsiyasi buzilishi) disfoniya (ovoz jarangdorligi so'nishi), manqalanib gapirish (nazolaliya). Bemor suvni yutayotganida burniga o'tib oqib tushadi, nafas yo'llariga tushib qalqib ketadi, tilning ikkala yarmi ham atrofiyaga uchraydi va fibrillyatsiyalar paydo bo'ladi. Yutqin refleksi so'nadi. Bulbar sindrom periferik falajliklar sirasiga kiradi
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312b
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича