Zaxarin-Xed sohalari


Zaxarin-Xed sohalari Ichki a'zolarda kuzatiladigan og'riqlar simpatik va parasimpatik yo'llar orqali vegetativ markazlarga yo'naltiriladi. Shuningdek, bunday og'riqlar ichki a'zo joylashgan proeksiyada emas, balki undan chekkaroqda aks etadi. Teridagi ushbu joylarga Zaxarin-Xed sohalari deb aytiladi (12.2-rasm). 

Yuqoridagi, ya'ni 12.2-jadvalda ko'rsatib o'tganimizdek, umumiy segmentar sezgi bilan vegetativ (simpatik) sezgi innervatsiyasi aksariyat hollarda bir-biriga mos kelmaydi. Nafaqat nevrologiya amaliyotida, balki ichki kasalliklar, shu jumladan psixosomatik buzilishlarda Zaxarin-Xed sohalarini bilish katta diagnostik ahamiyat kasb etadi.

Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
 © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича