Barmoq-burun sinamasi


Tik turgan yoki o'tirgan holat­da tekshiriladi. Buning uchun sinaluvchi ikkala qo'lini oldinga cho'zib turadi. Dastlab ko'zlar ochiq holatda ko'rsatkich barmog'ini o'zining burun uchiga tegizishi so'raladi 
Bu sinama chap va o'ng qo'llar yordamida ketma-ket bajariladi. So'ngra undan ko'zlari yumuq holatda shu sinamani qayta bajarish so'raladi. Miyacha zararlanishida ushbu sinama intensiya bilan bajariladi, ya'ni burun uchiga yaqinlashayotgan barmoq titray boshlaydi. Bu holatga intension tremor deyiladi . Miyachaning qaysi yarimshari zararlansa, inten­sion tremor o'sha tomonda kuzatiladi.
 
 
Manba:   © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
            © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 

  

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича