Eshituv nervi
Dahliz-chig'anoq nervi (n. vestibulocochlearis). Asosiy funksiyalari – eshitish va muvozanatni ta'minlash. Nerv funksional jihatdan bir-biridan farq qiluvchi 2 qismdan iborat: eshituv qismi (pars cochlearis) va vestibulyar qismi (pars vestibularis) (6.36-rasm).
I. Eshituv qismi
Eshituv yo'llari 3 neyrondan iborat. I neyron labirintdagi spiral gangliyada (ganglion spirale cochleae) yotadi. Uning dendritlari periferiyaga yo'nalib Kortiy a'zosida tugaydi. Aksonlari esa porus acusticus internus orqali kalla suyagi bo'shlig'iga kirib, ko'prikda joylashgan ikkita yadro, ya'ni oldingi va orqa koxlear yadrolarda tugaydi. Ushbu yadrolardan boshlangan yo'llarning bir qismi qarama-qarshi tomonga o'tadi, qolgan qismi
esa o'zi tomondan tepaga ko'tarilib colliculus inferior va corpus geniculatum mediale da tugaydi.
20
6.36-rasm. VIII nerv (n. vestibulocochlearis)
1 – oliva; 2 – corpus trapezoideum; 3 – nucleus vestibularis; 4 – nuclei cochlears dorsalis; 5 – nuclei cochlearis ventralis; 6 – radix vestibularis; 7 – radix cochlearis; 8 – meatus acusticus internus; 9- n. intermedius; 10 – n. facialis; 11 – ganglion geniculi; 12 – pars cochlearis; 13 – pars vestibularis; 14 – ganglion vestibularis; 15 – ampulla membranacea anterior; 16 – ampulla membranacea lateralis; 17 – utriculus; 18 – ampulla membranacea posterior; 19 – sacculus; 20 – ductus cochlearis.
Ill neyron corpus geniculatum mediale da yotadi. Uning aksonlari ichki kapsulaning orqa soni orqali o'tib yuqori chakka bo'lagi po'stlog'ida joylashgan eshituv analizatorining proeksion sohasida tugaydi (41-maydon). Bu soha Geshl pushtasi deb ham yuritiladi.
Eshituv nervini tekshirish usullari
Dahliz-chig'anoq nervining koxlear va vestibulyar qismlari alohida-alohida tekshiriladi. Koxlear nerv zararlangan bemorning asosiy shikoyati – bu eshitish pasayishi. Yengil holatlarda bemor o'zida eshituv funksiyasi pasayganini sezmasligi mumkin. Buni aniqlash uchun eshituv o'tkirligi har bir quloqda alohida-alohida tekshiriladi.
Bunda bir quloq barmoq bilan bekitib turiladi. Normada shivirlab gapirilgan tovush 5-6 metrdan eshitiladi. Agar bemor 1 metr masofada ham shivirlab gapirganni eshitmasa, demak, eshituv o'tkirligi keskin pasaygan. Eshituv o'tkirligi ikkala barmoqni quloqlar oldida bir-biriga ishqalab ham tekshiriladi va qaysi quloqda yaxshiroq eshitilayotgani so'raladi.
Shuningdek, audiometriya va kamertonal tekshiruvlar ham mavjud:
- Audiometriya. Kompyuterlashtirilgan audiometriya usuli yordamida eshituv o'tkirligi haqida to'la va aniq ma'lumot olinadi. Eshituv o'tkirligi pasayishi gipoakuziya, yo'qolishi (karlik) surditas deyiladi.
- Kamertonal tekshiruvlar. Tovushlarning suyak va havo orqali o'tkazilishi kamertonal sinamalar, ya'ni Veber va Rinne sinamalari orqali tekshiriladi. Bugungi kunda Veber, Rinne va Shvabax sinamalari klassikaga aylangan. Biroq bu usullarni keltirib o'tishni joiz deb topdik.
6.37-rasm. Veber sinamasi. Tovushlarning suyaklar orqali o'tkazilishini tekshirish.
Sog'lom odamda kamerton tovushi ikkala quloqqa ham bir xil tarqaladi. Qaysi tomonda tovushni o'tkazuvchi apparat zararlansa (tashqi eshituv yo'llari), o'sha tomonda kamerton tebranishi yaxshi eshitiladi (chunki tebranish suyak orqali tarqaladi). Agar bir tomonda tovushni qabul qiluvchi Korti apparati zararlansa (masalan, neyrosensor karlik), kamerton tebranishi sog'lom tomonda yaxshi eshitiladi
Rinne sinamasi. Tebrantirilgan kamerton so'rg'ichsimon o'siqchaga qo'yiladi (6.38-rasm).
6.38-rasm. Rinne sinamasi. Tovush o'tkazuvchi tuzilmalar faoliyatini tekshirish.
Kamerton tovushi eshitilishi to'xtagandan so'ng u tashqi eshituv yo'liga yaqinlashtiriladi. Normada kamerton tovushi yana eshitila boshlaydi (Rinne sinamasi musbat). Chunki tovush havo orqali yaxshi tarqaladi. Tovush o'tkazuvchi apparatlar (nog'ora parda, eshitish suyakchalari) zararlansa, tashqi eshituv yo'liga olib borilgan kamerton tebranishi emas, balki so'rg'ichsimon o'simtaga qo'yilgan kamerton tebranishi yaxshi va uzoqroq eshitiladi (Rinne sinamasi manfiy).
Diks-Xolpayk sinamasi (10-rangli rasm). Vestibulyar bosh aylanishni aniqlashda qo'llaniladigan ushbu sinama quyidagi tarzda o'tkaziladi. Sinaluvchi kushetkaga o'tqaziladi. Vrach uning boshini ikkala kafti bilan ushlab o'ng tomonga 45° ga ohista buradi. Undan ikkala ko'zi bilan vrachning burun qanshariga qarab turish so'raladi. So'ngra vrach sinaluvchini kushetkaga o'ng tomonga keskin yotqizadi. Sinaluvchining boshi kushetkadan 30° pastga tushgan bo'lishi va tepaga qarab turishi kerak. Oradan 5 soniyalar o'tgach sinaluvchida bosh aylanishi va gorizontal-rotator nistagm paydo bo'lib, bu belgilar 1 daqiqa mobaynida saqlanib tursa, demak, sinama musbat. Bosh aylanishi va nistagm o'tib ketgach sinaluvchi yana kushetkaga o'tqaziladi. Bu paytda ham yengil nistagm va bosh aylanish kuzatilib turadi. Birozdan so'ng xuddi shu sinama sinaluvchini chap tomonga yotqizib amalga oshiriladi. Agarda vestibulopatiya o'ng quloqning vestibulyar apparati bilan bog'liq bo'lsa, boshni o'ng tomonga burganda, chap quloq bilan bog'liq bo'lsa, boshni chapga burganda paydo bo'ladi.
Zararlanish simptomlari va topik diagnostikasi Eshituv markazi va yo'llari zararlanishida gipoakuziya (eshitish pasayishi), akuziya yoki surditas (karlik) rivojlanadi. Eshitish jarangdorligi oshuviga giperakuziya deyiladi. Eshituv markazi ta'sirlantirilsa eshituv gallyutsinatsiyasi rivojlanadi va quloqda turli xil shovqinlar paydo bo'ladi. Eshitish gallyutsinatsiyasi aksariyat hollarda ruhiy kasalliklar simptomi va juda kam hollarda lokal buzilishlar bilan bog'liq. Eshitish analizatorining po'stloq markazi zararlansa, eshituv agnoziyasi rivojlanadi.
II. Vestibulyar qismi
Vestibulyar sistema 3 neyrondan iborat. Bipolyar tuzilishga ega I neyron meatus acusticus internus tubida joylashgan Skarp tugunida yotadi. Uning dendritlari periferiyaga yo'nalib vestibulyar apparatda tugaydi. Vestibulyar apparat utriculus va sacculus dan iborat.
Bipolyar neyron aksonlari to'planib vestibulyar nervni hosil qiladi. Bu nerv eshituv nervi bilan birlashib n. vestibulocochlearis ni tashkil qiladi va porus acusticus interims orqali kalla suyagi bo'shlig'iga o'tadi. So'ngra ular miya ustunida joylashgan vestibulyar yadrolarga borib tugaydi [6.36-rasmga qarang).
Zararlanish simptomlari. Vestibulyar apparat zararlanishi uchun quyidagi simptomlar juda xos:
- Sistem bosh aylanishi. Atrofdagi buyumlar soat strelkasi yoki unga teskari yo'nalishda aylanadi. Bunga sistem bosh aylanish deyiladi. Boshni qimirlatsa yoki tana holatini o'zgartirsa bosh aylanishi kuchayib ketadi. Vestibulyar bosh aylanish deyarli har doim xurujsimon kechadi. Bosh aylanish xuruji qo'zishi yoki kuchayishidan qo'rqib bemor, odatda, ko'zlarini yumib bir xil vaziyatda yotib oladi.
- Nistagm.Vestibulyar nistagm, ko'pincha, rotator komponent bilan namoyon bo'ladi. Vestibulyar apparat ta'sirlansa - nistagm o'sha tomonga qaraganda, zararlanganda qarama-qarshi tomonga qaraganda paydo bo'ladi. Gorizontal nistagm bir tomonga qaraganda kuchliroq, ikkinchi tomonga qaraganda sustroq ifodalangan bo'ladi. Ushbu holat vestibulyar apparatning ta'sirlanishi yoki zararlanishiga bog'liq. Ko'z olmalarini yon tomonga keskin harakatlantirsa yoki bolg'achani ko'zga yaqin tutib tekshirsa sog'lom odamda ham nistagmoid kuzatiladi. Bu patologiya emas.
- Vestibulyar ataksiya. Ko'pincha, bir tomonlama bo'ladi va bemor yurganda, tik turganda zararlangan tomonga og'ib ketadi. Vestibulyar ataksiya gavdani bir holatdan ikkinchi holatga o'zgartirganda kuchayadi. Ko'zni yon tomonga burish ham ataksiyani qo'zg'ab yuboradi. Shuning uchun ham bemor boshi, ko'zi va gavdasini u yoki bu tomonga ehtiyotkorlik bilan sekin buradi.
- Ko'ngil aynishi va qusish. Vestibulyar sistema sayyor nerv yadrolari bilan o'zaro aloqalarga egaligi bois, uning zararlanishida ko'ngil aynishi va qusish ham kuzatiladi
- Nistagm.Vestibulyar nistagm, ko'pincha, rotator komponent bilan namoyon bo'ladi. Vestibulyar apparat ta'sirlansa - nistagm o'sha tomonga qaraganda, zararlanganda qarama-qarshi tomonga qaraganda paydo bo'ladi. Gorizontal nistagm bir tomonga qaraganda kuchliroq, ikkinchi tomonga qaraganda sustroq ifodalangan bo'ladi. Ushbu holat vestibulyar apparatning ta'sirlanishi yoki zararlanishiga bog'liq. Ko'z olmalarini yon tomonga keskin harakatlantirsa yoki bolg'achani ko'zga yaqin tutib tekshirsa sog'lom odamda ham nistagmoid kuzatiladi. Bu patologiya emas.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича