Epitalamus


 
Epitalamus (epithalamus) epifiz (epiphysis, corpus pineale), yugancha (habenula), yugancha uchburchagi (trigonum habenulae), yugancha bitishmasi (commissura habenularum) dan tashkil topgan. Epifiz yuqori ikki tepalikning old qismida, uning qoq o'rtasida joylashgan (8.2-rasm).
Epifiz tuzilishi va funksiyasi jihatdan endokrin bezlar sirasiga kiradi. Deyarli 80 % melatonin epifizda ishlab chiqariladi. Epifiz o'sish gormoni sinteziga va bolaning jinsiy rivojlanishiga ta'sir qiladi.
Epitalamus patologiyasi. Epitalamus sohasi, ko'pincha, epifiz o'smasida zararlanadi. Bolada jinsiy rivojlanish erta boshlanib, tez o'sib boshlasa, bu holat epifiz o'smasi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Epifiz Silviy suv yo'li ustida joylashgani uchun, uning o'smasi likvor yo'lini bekitib okklyuzion gidrosefaliya rivojlanishiga olib keladi.
Ko'zning parasimpatik yadrolari epifizga juda yaqin joylashgani uchun, epifiz o'smasi ba'zida ichki oftalmoplegiya rivojla­nishiga sababchi bo'ladi. Bunda qorachiqning yorug'likka reaksiyasi yo'qoladi, akkomodatsiya buziladi, biroq ko'zlar harakati saqlanib qoladi.

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича