Ekstrapiramidal sistema
Katta yarimsharlar ichida yon qorinchalar atrofida joylashgan kulrang moddalar to'plamiga bazal gangliyalar (ganglia basilaris) deyiladi. Po'stlog'osti tugunlari deb ham ataluvchi ushbu yadrolar ekstrapiramidal sistema (EPS) tarkibiga kiradi.
EPS yadrolariga dumli yadro (nucleus caudatus), qobiq (putamen), oq shar (globus pallidus), to'siq (claustrum) va bodomsimon tana (corpus amygdaloideum) kiradi (9.1
Capsul
Capsula externa |
Epifiz |
Yon qorincha (frontal shoxi)
Genu corpus callosum
Globus 1 |
pallidus [Nucleus |
Putamen |
Claustrum qorincha |
Yon qorincha (temporal shoxi) |
9.1-rasm. Bazal yadrolar (gorizontal kesim)
Putamen bilan globus pallidus birgalikda yasmiqsimon yadro (nucleus lentiformis) deyiladi. Yasmiqsimon yadro va dumli yadro o'zaro kulrang modda yo'laklari bilan bog'langan.
9.2-rasm. Bazal yadrolar (frontal kesim)
Ularning orasidan oq tolali yo'llar o'tadi. Shu bois ham ushbu ikkala yadroga birgalikda targ'il tana (corpus striatum) deyishadi. Bazal gangliyalar funksional jihatdan bir-biridan farq qiluvchi ikkita
sistemaga ajratib o'rganiladi. Dumli yadro va qobiq yadro striar sistema yoki neostriatum ni hosil qiladi. Oq shar, qora modda, qizil yadro va subtalamik yadro (Lyuis tanasi) pallidar sistema yoki pallidumni tashkil qiladi. Demak, miya oyoqchasida joylashgan substantia nigra va nucleus ruber pallidar sistema tarkibiga kiradi (9.2-rasmga qarang).
Ekstrapiramidal sistema funksiyasi
Harakatlar avtomatizmini ta'minlash EPS ning asosiy funksiyasidir. Ixtiyoriy harakatlarni bajarayotganda biz muskullarning qay birini bo'shashtirib, qay birini qisqartirish haqida o'ylab o'tirmaymiz. Bularning barchasi EPS yadrolari ishtirokida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.
Striatumning po'stloq bilan o'zaro aloqalari tufayli ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakatlar uzviyligi hamda harakatlar sinergiyasi ta'minlanadi. Shu bois ham striatum zararlansa, giperkinezlar rivojlanadi va harakatlar sinergiyasi izdan chiqadi. Harakatga bo'lgan motivatsiyani ta'minlashda ham bazal gangliyalar ishtiroki katta.
Bazal gangliyalar kognitiv jarayonlar, emotsional reaksiyalar va "uyqu-tetik" siklini ta'minlashda ham ishtirok etadi. Parkinsonizmda rivojlanadigan fikrlar karaxtligi, hissiy to'mtoqlik va uyqu buzilishlari bunga yaqqol misol bo'la oladi.
Zararlanish simptomlari
Striar va pallidar sindromlar klinikasi turlicha namoyon bo'ladi. Striar sistema zararlansa, gipotonik-giperkinetik sindrom, pallidar sistema zararlanganda, parkinsonizm rivojlanadi va muskullar tonusi plastik tarzda oshadi. Bu holat gipertonik gipokinetik sindrom deb yuritiladi. Kuchli holatlarda akinetik-rigid sindrom rivojlanadi
Manba:
© Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича