Gipotalamus
Gipotalamus (hypothalamus) neyroendokrin va vegetativ funksiyalarga mas'ul oliy vegetativ markaz bo'lib, VNS ning suprasegmentar qismi hisoblanadi. Gipotalamus hissiy reaksiyalar uchun mas'ul bo'lgan limbik sistemaning o'ta muhim tuzilmasidir.
Gipotalamus oraliq miyaning pastki qismida joylashgan bo'lib, III qorincha tubini hosil qilishda ishtirok etadi. Gipotalamus va uning yadrolari 8.1-rasmda ko'rsatib o'tilgan.
Gipotalamus tarkibiga kulrang bo'rtiq (tuber cinereum), quyg'ich (infundibulum), so'rg'ichsimon tanalar (corpora mamillaria) kiradi. So'rg'ichsimon tanalar po'stlog'osti hidlov markazi hisoblanadi (8.1-rasm).
Gipotalamus funksiyasi uning yadrolari tomonidan ishlab chiqarilgan turli xil rilizing-faktorlar asosida amalga oshiriladi. Masalan, adenogipofizda ichki sekresiya bezlari faoliyatini nazorat qiluvchi gormonlar ishlab chiqariladi. Supraoptik va paraventrikulyar yadrolar vazopressin va oksitosin ishlab chiqaradi. Psixoemotsional va psixovegetativ funksiyalar ham gipotalamus faoliyatiga bevosita bog'liq.
Gipotalamus patologiyasi. Gipotalamik buzilishlar bir qator neyroendokrin, psixoemotsional, kardiovaskulyar, neyrorespirator, gastrointestinal, urogenital va seksual buzilishlar bilan namoyon bo'ladi. Bular – xayz sikli buzilishi, semirish yoki ozib ketish, adipozogenital distrofiya, qandsiz diabet, patologik klimaks, giperprolaktinemiya, gipogonadizm, og'iz qurishi, gipergidroz, angidroz, kseroftalmiya, osteomalyatsiya, trofik yaralar, qo'rquv, xavotir, vahima, disforiya, apatiya bosh og'riq, bosh aylanishi, jahldorlik, diqqat tarqoqligi, affektga moyillik, gipertermiya, uyqu bosishi yoki uyqusizlik, libido so'nishi, surunkali charchash sindromi, kardialgiya, taxikardiya yoki bradikardiya, ortostatik gipotenziya, arterial gipertenziya, AQB o'ynab turishi, sinkopal holatlar, taxipnoe yoki bradipnoe, nafas olishdan qoniqmaslik, akrosianoz, bulimiya yoki anoreksiya, ko'ngil aynishi, qabziyat yoki diareya, polidipsiya, abdominalgiya, ichaklar parezi, meteorizm, anorektal disfunksiya, vaginal anesteziya, sistalgiya, dizuriya, poliuriya, nikturiya, siydik tuta olmaslik, erektil disfunksiyaManba:
© Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича