Gasser tuguni zararlanishi
O'ta og'ir holat. Yuzning bir tomonida barcha sezgilar buziladi, kuchli nevralgiya paydo bo'ladi, supra, infraorbital va mental nuqtalarda trigger sohalar shakllanadi. Yuz terisida vegetativ-trofik o'zgarishlar paydo bo'ladi, nevralgiyaga simpatalgiya qo'shiladi (chunki bu sohada simpatik chigallar ko'p), keratit va kon'yuktivit rivojlanadi. Gasser tuguni gerpetik infeksiyada ko'p zararlanadi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича