Ko'zning parasimpatik innervatsiyasi
Edinger-Vestfal va Perlia yadrolaridan boshlangan tolalar fissura orbitalis superior orqali ko'z kosasi ichiga kirib siliar tugunga (ganglion ciliare) boradi. Siliar tugundan boshlangan postganglionar tolalar ko'z olmasi ichiga kirib quyidagi ikkita yumshoq muskulni innervatsiya qiladi: Edinger-Vestfal yadrosidan kelayotgan tolalar qorachiqni toraytiruvchi muskul (m.sphincter pupillae), Perlia yadrosidan kelayotgan tolalar akkomodatsiya funksiyasini ta'minlovchi kiprik muskuli (m.ciliaris). Ushbu sxema III nerv yozilgan joyda keltirilgan.
Eslatib o'tamiz, qorachiq reflektor yoyining afferent qismi II nerv tarkibida o'tsa, efferent qismi III nerv tarkibida o'tadi. Bunda Edinger-Vestfal yadrosi bilan bog'liq yo'llar qorachiq reflektor yoyining efferent qismi hisoblanadi. Efferent yo'llar orqali o'tuvchi motor impulslar m.sphincter pupillae tomon yo'naladi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича