Klinostatik sinama


Sinaluvchi 5 daqiqa mobaynida tik ho­latda turadi. Bu paytda u vertikal holatga moslashib oladi va uning pulsi sanaladi. So'ngra sinaluvchi gorizontal holatda yotqiziladi va 15 soniya mobaynida tomir urishi sanaladi. Sog'lom odamda puls 8-12 urishga kamayadi. Odam vertikal holatdan gorizontal holatga o'tganda VNS ning parasimpatik qismi faollashadi va puls kamayadi. Masalan, vertikal holatda turgan sinaluv­chining pulsi 90 bo'lsa, gorizontal holatga yotizilsa, uning pulsi 78-80 ga tushadi. Bu sog'lom odamda kuzatiladigan normal holat. Vegetativ labillikda puls 12-15 dan oshiq tushib ketadi.
 
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича