Reflektor yoy
Shartsiz refleksning reflektor yoyi retseptor, afferent yo'l, markaz (oraliq neyron), efferent yo'l va bajaruvchi a'zodan tashkil topgan. Miya ustunida hosil bo'luvchi reflektor yoyning afferent qismini kranial nervning sezgi yadrosi, efferent qismini ularning harakat yadrosi tashkil qiladi. Masalan, yutqin refleksining afferent qismini IX va X nervlarning sezgi yadrolari va yo'llari hosil qilsa, efferent qismini ushbu nervlarning harakat yadrolari va yo'llari hosil qiladi.
Orqa miya yoki miya ustunida tutashadigan reflektor yoy 2 yoki 3 neyronli bo'lishi mumkin. Ikki neyronli reflektor yoy afferent (markazga intiluvchi, sezgi) va efferent (markazdan qochuvchi, harakat) neyronlardan iborat. Afferent neyron retseptor neyron deb ham ataladi. Uch neyronli reflektor yoyda esa oraliq neyron {interneyrori) bor.
Oraliq neyron – afferent neyronni efferent neyron bilan bog'lovchi neyron. Afferent neyron sezgi impulsini periferiyadan markazga uzatsa, efferent neyron esa harakat impulsini markazdan periferiyaga uzatuvchi neyrondir.
1.1-rasm. Tizza refleksini chaqirish va uning reflektor yoyi |
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича