Reflektor dermografizm


To'g'nog'ichning o'tkir uchi bilan teriga chizib chaqiriladi. Bunga javoban biroz kengaygan qi¬zil chiziq paydo bo'ladi ((12.5 (b)-rasm). To'g'nog'ichni kuchli bosish tavsiya etilmaydi! Reflektor dermografizmni tekshirish orqali spinal vegetativ tuzilmalar holati o'rganiladi. Periferik kapillyarlar kengayishi uchun javob beradigan spinal vegetativ markazlarning organik zararlanishida reflektor dermografizm chaqirilmaydi. Kuchli vegetativ disfunksiyada chizilgan joy ortiqcha qizarib bo'rtib qoladi va uzoq saqlanadi.

Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича