Reflekslar o'zgarishi
Reflekslar turli kasalliklarda o'zgaradi. Refleks pasayishiga giporefleksiya, oshishiga giperrefleksiya, so'nishiga arefleksiya deyiladi. Agar bir tomondagi refleks ikkinchi tomondagi refleksga qaraganda balandroq chaqirilsa, u holda anizorefleksiya haqida so'z boradi.
Markaziy falajlikda pay reflekslari (shu jumladan, periostal reflekslar] oshadi, periferik falajlikda esa pasayadi yoki yo'qoladi. Miya insultida reflekslar oshishi va polinevropatiyada pasayishi bunga misol bo'la oladi. Qaysi refleks o'zgarganiga qarab MNS va PNS da patologik o'choq topografiyasi oson aniqlab olinadi. Buning uchun reflektor yoy tutashgan segmentni yaxshi bilish kerak.
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича