Subtalamus
Subtalamus o'rta miya bilan gipotalamus orasida joylashgan. Lyuis yadrosi (nucleus subthalamicus) subtalamusning asosiy yadrosi hisoblanib EPS tarkibiga kiradi. Subtalamik soha boshqa po'stlog'osti yadrolari bilan birgalikda avtomatik harakatlarni ta'minlashda bevosita ishtirok etadi. Lyuis yadrosi zararlansa, qarama-qarshi tomonda gemiballizm rivojlanadi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича