Subaraxnoidal sisternalar
Subaraxnoidal bo'shliq kengaygan joylarga sisternalar (cisternae subarachnoideae) deyiladi. Yirik va kichik sisternalar farqlanadi (13.4-rasm).
Cavum subarachnoidale
_ 1 _ Araxnoidal
13.4-rasm. Subaraxnoidal sisternalar
Quyidagi sisternalar farqlanadi:
- Katta sisterna (cisterna magna) – miyacha bilan uzunchoq miya orasida joylashgan. Shuning uchun uning yana bir nomi - cisterna cerebello-oblongata.
- Lateral sisterna (cisterna fossae lateralis) – Silviy yorig'i sohasida joylashgan
- Xiazmal sisterna (cisterna chiasmatis) – chiazma opticum dan oldinda joylashgan.
- Oyoqlararo sisterna (cisterna interpeduncularis) – miya oyoqlari orasida joylashgan.
- Ko'prik sistemasi (cisterna prepontinus) – Varoliy ko'prigidan oldinda joylashgan.
- To'rttepalik sistemasi (cisterna quadrigeminalis) – to'rttepalik sohasida joylashgan.
- Lateral sisterna (cisterna fossae lateralis) – Silviy yorig'i sohasida joylashgan
Manba: © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича