Uzoqlashtiruvchi nerv
Uzoqlashtiruvchi nerv (n. abducens, VI juft) – harakat nervi. Yadrosi ko'prikning dorsal qismida, IV qorincha tubida yotadi. Aksoni ko'prik va uzunchoq miyaning chegarasida miyacha-ko'prik burchagidan chiqadi. Miyaning bazal qismiga o'tib olgan VI nerv kalla suyagi ichidan fissura orbitalis superior orqali ko'z kosasiga o'tadi. Ushbu nerv ham faqat bitta, ya'ni ko'zning tashqi muskulini {m.rectus externus) innervatsiya qiladi. Bu muskul ko'zni tashqariga tortadi. Uzoqlashtiruvchi nerv yadrosi ham ikki tomonlama kortikal innervatsiyaga ega.
Zararlanish simptomlari. 1) ko'zni tashqariga burish qiyinligi; 2) qo'shiluvchi g'ilaylik (strabismus convergens); 3) tashqariga qaraganda diplopiya. Diplopiya har doim zararlangan muskul tomonga qarash talab qilinganda paydo bo'lishi yoki kuchayishini esda tuting.
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича