Янгиликлар Ибодуллаев энциклопедияси Ko'zlarni harakatlantiruvchi nervlarni tekshirish usullari

Ko'zlarni harakatlantiruvchi nervlarni tekshirish usullari


Ko'zlarni harakatlantiruvchi nervlar (III IV VI juft) funksiyasi bira-to'la tekshiriladi. Dastlab ko'z yoriqlari shakli, hajmi va simmetrikligi o'rganiladi. Ko'z kosasi (orbita) ichida ko'z olmasi bo'rtib tursa ekzoftalm, ichkariga botib tursa enoftalm deyiladi.
Ko'z olmasi harakatlari Ko'z olmasi harakatlari bolg'acha yoki barmoq yordamida tekshiriladi. Bunda ko'zlarning yuqoriga, pastga, ichkariga va yon tomonlarga harakatlari albatta tekshirilishi kerak (6.20-rasm).
 6.20-rasm. Ko'zni harakatlantiruvchi nervlar funksiyasini tekshirish usullari
Shu yerda g'ilaylik (strabizm) bor-yo'qligiga e'tibor qaratiladi. Ill nerv zararlansa –qochuvchi, VI nerv zararlansa – qo'shiluvchi g'ilaylik rivojlanadi.Qorachiqlarni tekshirish. Sog'lom odamda qorachiqlar ko'z olmasining o'rtasida simmetrik tarzda joylashadi, ularning diametri ikkala ko'zda ham deyarli bir xil. Qorachiqlar shakli aylanasimon, chetlari silliq va tekis bo'ladi. Qorachiqning kengayishi midriaz, torayishi mioz deb aytiladi. Bir tomondagi qorachiq torayib, ikkinchi tomondagisi kengaygan bo'lsa, bun­ga anizokoriya deyiladi. Anizokoriya nafaqat III nervning par-asimpatik innervatsiyasi, balki ko'zning simpatik innervatsiya-si (C8-Th1) buzilishi bilan ham bog'liq (ptoz, mioz, enoftalm).
Qorachiqlaming quyidagi funksiyalah tekshiriladi:
a)  qorachiqlaming yorug'likka reaksiyasi;
b]  qorachiqlaming konvergensiyaga reaksiyasi;
 v) qorachiqlaming akkomodatsiyaga reaksiyasi.
A) Qorachiqlaming yorug'likka reaksiyasi. Qorachiqlar yorug'likda torayadi, qorong'ida kengayadi. Shuningdek, qorachiqlarga qaysidir buyum yaqinlashtirilsa torayadi, uzoqlashtirilsa kengayadi. Qorachiqlaming yorug'likka ikki xil reak­siyasi farqlanadi: birinchisi – qorachiqning yorug'likka to'g'ri reaksiyasi; ikkinchisi –  qorachiqning yorug'likka hamkor reak­siyasi. Bunday tekshiruvlar yorug' xonada olib boriladi.

• Qorachiqning yorug'likka to'g'ri reaksiyasini tekshirish usuli. Vrach bemorning qorachiqlariga bir nazar tashlab oladi. So'ngra kafti bilan uning bir ko'zini berkitadi (6.21-rasm)Buning natijasida berkitilgan ko'z qorachig'i kengayadi. Oradan 3–4 soniya o'tgach kaftini oladi va ushbu ko'zga yorug'lik tushib qorachiq torayadi. Bunga qorachiqning yorug'likka to'g'ri reaksiyasi deyiladi.• Qorachiqning yorug'likka hamkor reaksiyasini tekshirish usuli. Vrach kafti bilan bemorning bir ko'zini berkitadi va uning ikkinchi ko'ziga qaraydi. Ochiq qolgan ko'zda qorachiq kenga­yadi. Demak, nafaqat kaft bilan berkitilgan ko'z qorachig'i, balki bunga javoban ochiq qolgan ko'zdagi qorachiq ham kengayadi. Kaftini olsa, kengaygan ikkala qorachiq ham torayib o'z holiga qaytadi. Shu bois bu sinama qorachiqning yorug'likka hamkor reaksiyasi deb aytiladi. Ushbu sinamalarni kichik fonar yor­damida tekshirish ham mumkin.
B) Qorachiqlarning konvergensiyaga reaksiyasi. Qorachiqlarning konvergensiyaga reaksiyasini tekshirish uchun bemorning ro'parasida uzoqroqda ushlab turilgan barmoqqa qarash buyuriladi. So'ngra ushbu barmoq bemorning ikkala qoshi o'rtasiga yaqinlashtirib kelinadi. Bunga javoban ikkala ko'z olmasi bir-biriga yaqinlashadi, ya'ni konvergensiya ro'y beradi (6.22-rasm).6.22-rasm. Qorachiqlarning konvergensiyaga reaksiyasini tekshirish usuli. Rasmda normal (a) va konvergensiya ro'ybergan (b) holat ko'rsatilgan.
 
V) Qorachiqlarning akkomodatsiyaga reaksiyasini tek­shirish usullari.
1-usul. Vrach barmog'ini sinaluvchining ko'z oldidan uzoqroqda ushlab turadi va unga qarashni so'raydi (6.23a-rasm). Bu paytda uning qorachiqlari kengayadi. So'ngra vrach sinaluvchining ko'zi oldiga barmog'ini birdaniga yaqinlashtiradi (6.23b-rasm). Bu paytda qorachiqlar torayib, yana o'z holiga qaytadi.6.23-rasm. Qorachiqlarning akkomodatsiyaga reaksiyasini tekshirish usuli (1-usul)
6.24-rasm. Qorachiqlarning akkomodatsiyaga reaksiyasini tekshirish usuli (2-usul)
2-usul. Sinaluvchining bir ko'zi kafti bilan yopiladi va ochiq qolgan ko'zi bilan vrachning uzoqroqda ushlab turgan barmog'iga qarash buyuriladi [6.24a-rasrri). Bunda qorachiq kengayadi. So'ngra vrach barmog'ini sinaluvchining ko'ziga birdan yaqinlashtirib keladi. Bunga javoban qorachiq torayadi (6.24b-rasm). Qorachiqlarning torayish va kengayish xususiyatiga akkomodatsiya deyiladi. 
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича