Kortikonuklear yo'l
Oldingi markaziy pushtaning pastki qismidan boshlanib kranial nervlarning harakat yadrolariga kelib tugaydigan yo'llarga kortikonuklear yo'l deyiladi. Miya ustuni bo'ylab tushib kelayotgan kortikonuklear yo'llarning bir qismi kesishmay o'zi tomondagi kranial nervlarning harakat yadrosiga borib tugaydi. Bu yo'llarning qolgan qismi esa har bir kranial nerv yadrosi ro'parasida kesishuv hosil qiladi. Ushbu tolalar miya oyog'i sohasida – III va IV nervlar, ko'prik sohasida – V, VI, VII, VIII nervlar, uzunchoq miya sohasida IX, X, XI, XII nervlarning harakat yadrolari tomon kesishib o'tadi.
Quyidagi kranial nervlarning harakat yadrolari bir tomonlama, ya'ni qarama-qarshi tomondan markaziy innervatsiyaga ega: VII nerv yadrosining pastki qismi, XI nervning spinal yadrosi va XII nerv yadrosi. Shu bois ham kortikonuklear yo'llarning bir tomonlama zararlanishida, qarama-qarshi tomondagi ushbu nervlarning markaziy falajligi kuzatiladi. Kortikonuklear yo'llarning uzunchoq miyada joylashgan kranial nervlar yadrosiga boradigan qismiga kortikobulbar yo'l deyiladi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi © asab.cc
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича