Muskullar trofikasini tekshirish


Periferik motoneyrondan muskullarga impulslarning to'xtovsiz oqimi nafaqat muskul tonusi, balki uning trofikasini ham ta'minlab beradi. Qadimda vrachlar nerv tolalarining kuchli ezilishi yoki bosilishida ikki-uch soat ichida muskullar oza boshlaganiga guvoh bo'lishgan.
Keyingi o'tkazilgan tadqiqotlar ham periferik motoneyronning yuqori darajada trofik funksiyasi borligini tasdiqladi. Shu bois ham muskul atrofiyasi periferik motoneyron zararlanishi uchun patognomonik simptomdir. Shuning uchun ham periferik falajlikning ikkinchi nomi – bu atrofik falajlik. Marka­ziy motoneyron zararlansa muskullar atrofiyasi kuzatilmaydi. Biroq markaziy falajlik sababli harakatsiz yotgan muskullar keyinchalik oza boshlaydi.
Bo'g'im kasalliklarida ham atrofiya kuzatilishi mumkin. Bun­ga artrogen atrofiya deyiladi, bunda muskullarda gipotoniya va atrofiya kuzatilsada, pay reflekslari pasaymaydi. Muskullar at­rofiyasi nasliy miodistrofiyalarda ham kuzatiladi. Bunday paytda atrofiya, atoniya va arefleksiya birgalikda namoyon bo'ladi. Demak, ularni spinal yoki nevrogen atrofiya bilan farqlay olish kerak.
Muskullar trofikasini tekshirish uchun dastlab ular paypaslab ko'riladi. So'ngra atrofiyaga gumon qilingan joy santimetrli lenta bilan o'lchanadi. Bu o'lchov qo'l bo'g'imlaridan 5 sm, oyoq bo'g'imlaridan 10 sm yuqori yoki pastda o'tkaziladi. Bunda chap va o'ng tomondagi muskullar aylanasi solishtirib ko'riladi.Xulosa yozayotganda sog'lom tomondagi muskulga qaraganda atrofiyaga uchragan tomondagi muskul necha sm ga kichraygani ko'rsatiladi. Masalan, chap tomondagi boldir muskuli aylanasi, o'ng tomondagi boldir muskuli aylanasiga qaraganda 3 sm kichraygan va h.k. Muskullar aylanasi qo'l-oyoqlarni vertikal holatga keltirib tekshiriladi. Chunki gori­ zontal holatda muskullar gipotoniyasi sababli o'sha tomon katta bo'lib ko'rinadi.
 
 
Manba: © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
              © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
               © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc
 
 
 


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
МУҲОКАМАЛАР
Изоҳларнинг минимал узунлиги 50 та белгидан иборат. шарҳлар бошқарилади
Ҳеч қандай изоҳ йўқ. Сиз биринчи бўлишингиз мумкин!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Қизиқ мақолалар
"Ибодуллаев энциклопедияси" бўлими бўйича